291

Yokohama Milliy universiteti tomonidan stipendiya tanlovi e’lon qilindi

E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Yaponiyaning Yokohama Milliy universiteti tomonidan 2022/2023-o‘quv yilida doktorantura dasturi bo‘yicha tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilinganini ma’lum qilamiz. 

Mazkur stipendiya Akademik martabani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global doktorlik dasturi (Global Doctoral Program for Academic Career Support, GDACS) bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidan 2022-yil oktabr yoki 2023-yil aprel oylarida doktoranturaga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Dastur Oliygoh o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarni kirish va o‘qish to‘lovlardan ozod qiladi, shuningdek, muvaffaqiyatli talabalar uchun oylik 100 ming yen (taxminan 1 ming AQSh dollari) stipendiyasi bilan ta’minlaydi.

Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 13-martga qadar davom etadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati



 

 

Izoh qoldirish