354

Yangi kitoblar taqdimoti

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan “Yangi kitoblar taqdimoti” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar tomonidan yangi nashr qilingan adabiyotlar haqida suhbatlashildi.

Tadbirda siyosiy fanlar doktori, professor Z.Munavvarov, pedagogika fanlar nomzodi, professor Z.Qosimova, ARM rahbari M.Xasanova, ARM xodimlari, Tyutor G.Azimova, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetining 3-kurs talabalari ishtirok etdi.

Taqdimotda professor Z.Munavvarov talabalarga nashr qilingan yangi kitoblarning ahamiyati va mohiyati,  o‘zlari tomonidan yaratilgan adabiyotlar haqida so‘z yuritdi. Jumladan, “Xalqaro munosabatning nodavlat mexanizmlari” (o‘quv qo‘llanma), “Xalqaro munosabatlarga kirish” (darslik), “Негосударственные механизмы международных отношений” (учебное пособие) kabi adabiyotlar bo‘yicha talaba-yoshlarga atroflicha ma’lumot berildi.  

Shuningdek, davra suhbatida pedagogika fanlar nomzodi, professor Z.Qosimova ham o‘zlari tomonidan nashr etilgan adabiyotlar xususida so‘z yuritdi. “Umumiy pedagogika” (o‘quv qo‘llanma), “Talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish: pedagogik tahlil” (monografiya), “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (o‘quv qo‘llanma), “Общая педагогика” (учебник) kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbir yakunida yangi nashr etilgan kitoblar bo‘yicha talabalarning savollariga mualliflar tomonidan batafsil javob berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish