364

“Qur’oni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan 3 oylik “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 3-bosqich o‘quvlari yakunlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi anjumanlar zalida tinglovchilar uchun bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Toshkent islom instituti “Tahfiz-ul Qur’on” kafedrasi o‘qituvchisi J.Ro‘ziyev, kurs o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi. 

Uchrashuvda Zohidjon Islomov yurtimizda Qur’oni karimni o‘rganish uchun berilgan imkoniyatlar va ulardan foylanish haqida to‘xtalib, bitiruvchilarni kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan muborakbod etdi.

Tadbir yakunida 60 nafar tinglovchiga “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida ta’lim olganliklari haqidagi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, faol o‘qituvchi va tinglovchilarga Akademiya rektori tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

“Qur’oni karim va tajvid” kurslari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish