491

Talabalar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilib, ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Turli tanlovlar, viktorinalar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil etildi. Akademiya tyutorlari tomonidan tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovida talabalar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila”, Mirkarim Osimning “Jayhun ustida bulutlar”, Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yohud axloq”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarlari bo‘yicha olgan bilimlarini sinashdi.

Kahoot programmasi orqali o‘tkazilgan viktorinada talabalar faol ishtirok etishdi. Shuningdek, AAkademiya Axborot resurs markazi vakillari tomonidan shoira Zulfiya ijodi haqida savollar berildi. Yakunda tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish