459

Taraqqiyot strategiyasi mavzusida davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bosh mutaxassisi Anvarjon Mirkamilov, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga Prezidentimiz tomonidan imzolangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tanishtirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berishdi.

Davra suhbatida mazkur farmonda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash kabi masalalar bosh mezon qilib olingani ta’kidlandi. Shuningdek, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish hamda mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib boorish kabi ustuvor maqsadlar ko‘zda tutilgani qayd etildi. 

Uchrashuvda maktabgacha ta’lim tizimidagi qamrov darajasini hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga, oliy ta’lim tizimida esa 50 foizga yetkazish, maktablarda ta’lim-tarbiya sifati va darajasini oshirishga qaratilgan vazifalar haqida so‘z bordi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish