Akademiya dotsenti “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’ruza qildi
Ohangaron shahar hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Mahalla-ma’naviyat qo‘rg‘oni” dasturi doirasida amaliy seminar tashkil etildi, deb xabar bermoqda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi
Tadbirda mahalla raislari, nuroniylar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari, mahallalardagi yoshlar va yetakchilar qatnashdi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) R.O‘razova Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’ruza qildi.
Seminar so‘ngida mahallalarda yetakchilar tomonidan aniqlangan iste’dodli yoshlar va teatr jamoalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish