Hamkorlikdagi mahorat darsi mazmunli o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislarini jalb qilish, talabalarga zamonaviy metodlar asosida saboq berish maqsadida xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Ana shunday mahorat darslaridan biri Chexiyaning “Sotsiosfera” ilmiy-tadqiqot va nashriyot markazi bosh direktori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilona Doroshina tomonidan o‘tkazildi.
“Din psixologiyasi pedagogika” kafedrasi hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamkorligida ZOOM platformasi orqali onlayn tashkil etilgan seminarda Akademiyaning doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchi va magistrant talabalari ishtirok etdi.
Mahorat darsini “Din psixologiyasi pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova ochib berdi. Shundan so‘ng psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilona Doroshina “Dissertatsiya tadqiqotining asosiy natijalarini aks ettiruvchi ilmiy maqolalarni nashr etish masalalari” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida “Sotsiosfera” ilmiy-tadqiqot va nashriyot markazi haqida ma’lumot berarkan, yosh tadqiqotchilar bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lishini bildirdi. Shuningdek, ilmiy izlanish, manbalar bilan ishlashda qanday jihatlarga amal qilish, tadqiqot ishini chop etish jarayonlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Bu kabi foydali davra suhbatlarini muntazam o‘tkazib turish kerakligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish