398

Bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islomshunoslik” fakultetining 4-bosqich talabalari uchun pedagogik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Akademiya O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, “Islomshunoslik” fakulteti dekani Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga amaliyotni tashkil etish hamda texnika xavfsizligiga rioya etish bo‘yicha tushunchalar berildi. Mutasaddilar talabalardan Akademiyada olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llab, malakalarini oshirishlari kerakligini ta’kidlashdi. Amaliyot jarayoniga mas’uliyat bilan yondashib, atrofdagilarga hurmat ko‘rsatish, odob-axloq qoidalariga amal qilishlari zarurligi qayd etildi.

O‘z navbatida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish