340

Obod maskan – mustahkam bilim

Xalqimizning asrdan asrga o‘tib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni e’zozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam. Ayniqsa, kunlar isib, bahor yaqinlashar ekan, joylarda hasharlar o‘tkazish, hududlarni obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish yaxshi an’anaga aylangan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham Yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Obod maskan – mustahkam bilim” shiori ostida hashar o‘tkazildi. 

Yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildgan hasharda 200 nafardan ziyod Akademiya talabalari faol ishtirok etdi. Talaba-yoshlar oliy ta'lim muassasasi hududida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi. 

Hashar davomida ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi. Gul ko‘chatlarining taglari yumshatildi. Chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqildi. Hashar elga yarashar, deydilar. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida Akademiya hududi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish