Mutasaddilar “Xadichai Kubro” ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ilm dargohiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni ta’lim muassasasi rahbari boshchiligidagi madrasa jamoasi samimiy kutib oldi.
Tashrif talabalar turar joyi va binolarni ko‘zdan kechirish bilan boshlandi. Muzaffar Komilov yotoqxonada turadigan talabalarning sharoiti, ularga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng mehmonlar dars jarayonlarini kuzatishdi. Jumladan, bitiruvchi kurslarning “Islom tarixi” darsi va “Aqoid” darslarida qatnashib, talabalar bilan ochiq muloqot olib borishdi. Talabalar bilan suhbat chog‘ida ularning ilmiy faoliyatlari va bu boradagi rejalari haqida so‘raldi. Ularning kelgusidagi islomshunos olima bo‘lish, allomalarning boy merosini va manbalarini o‘rganishdek maqsad va rejalaridan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
O‘z navbatida Muzaffar Komilov talabalarga o‘z sohasi bo‘yicha bilimlarni puxta egallashlari, kelajakda yetuk olim bo‘lib yetishishlari lozimligini tushuntirar ekan, ayni paytda dunyodagi vaziyatni teran anglaydigan islomshunos kadrlarga ehtiyoj har qachongidan ham yuqoriligini ta’kidladi.
Mehmonlar shuningdek, ta’lim muassasasi faoliyati, u yerda media mahsulotlarning tayyorlanish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Ta’lim muassasasining axborot resurs markazidagi sharoitlar hamda markaz fondining zamonaviy adabiyotlar, shu bilan birga mutaxassislikka oid darslik va qo‘llanmalarga boy ekanligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. ARMning elektron kutubxonasini yanada boyitish va raqamlashtirish borasida kerakli maslahat va takliflar berildi.
Tashrif yakunida Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ta’lim uchun yaratilgan sharoit va ta’lim sifatini yuqori baholar ekan, ta’lim muassasasi rahbariyati hamda u yerda faoliyat olib borayotgan ustozlar va xodimlarga minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish