466

Akademiya o‘qituvchisi trening darslarida ma'ruza qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda youtubedagi sahifasi orqali “Siyosiy-ma’rifat soati” rukni ostida trening darslar tashkil etilmoqda. 

Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov “Davlat xizmatida halollik va odob-axloq qoidalari” mavzusida ma’ruza qildi. 

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Treningda Akademiya o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov poraxo‘rlikni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning dolzarb vazifasiga aylanishi kerakligini haqida so‘z yuritarkan, halollik vaksinasi, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, mazkur illatga qarshi kurashishning xalqaro huquqiy asoslari, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari, halollikning ma’rifiy asoslari kabi jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

 

 

Izoh qoldirish