472

Akademiya talabalari nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi

QUTLOV

Ma’lumki, mamlakatning taraqqiy topishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatdagi yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tiborga chambarchas bog‘liqdir. Shu ma’noda, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Darhaqiqat, yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ularni yuksak ma’naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur sharoitlar muhayyo qilinayotir. Mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari o‘z iste’dod va salohiyatini to‘la namoyon etib, yuksak natijalarga erishmoqda.

Ularning safida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar iqtidorli, iste’dodli talabasi ham borligi biz uchun quvonarli. Ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar yurtimizdagi nufuzli Davlat stipendiyalarining joriy yilgi nomzodlari safida e’tirof etilishdi.

“Islomshunoslik” fakulteti “Dinshunoslik” rus guruhi ta'lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Anvar Mustafoyev 2021/2022-oʻquv yili uchun Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi.

“Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Zebiniso Rasulova ham 2021/2022-oʻquv yili uchun Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi bilan taqdirlandi.

“Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Shahnoza Omonova esa 2021/2022-oʻquv yili uchun Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Shu fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi muvaffaqiyatga erishgan talaba yigit-qizlarni tabriklab, ularning kelgusidagi o‘qish va ishlariga omad tilaydi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish