568

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining moliya-iqtisod faoliyati

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi moliyaviy manbalari jumladan, byudjet mablag‘lari – bevosita davlat byudjetidan normativlarga asosan ajratiladigan mablag‘, to‘lov-kontrakt mablag‘lari- talabalarning o‘qitish uchun to‘lagan kontrakt mablag‘lari va byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari – akademiyaning bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va homiylik mablag‘lari hisobidan shakllanadi. Mazkur yo‘nalishlarda yig‘ilgan mablag‘lar professor-o‘qituvchi va xodimlarga oylik ish haqi, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida rag‘batlantirishlarga, talabalar stipendiyasi, xodimlar ijtimoiy sug‘urtasi hamda tovar moddiy zaxiralarni shakllantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bino-inshooatlarni saqlab turish va boshqa xarajatlar uchun yo‘naltiriladi.

Akademiyaning byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumi bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda,shu jumladan turli xil xizmat ko‘rsatish, abituriyentlar uchun tayyorlov kurslari, arab tili, sport kurslari faoliyati tashkil etilgan. Shu bilan bir qatorda Nashriyot matbaa birlashmasi, Oromgoh dam olish maskani va Ziyo Media markazi orqali ham turli xil xizmatlar ko‘rsatilib byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumi shakllantiriladi.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovasiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Akademiyaning innovasion jamg‘armasi tashkil etilgan. Ushbu mablag‘lar bevosita innovasion tadqiqotlar olib borishga yo‘naltiriladi.

Akademiyaning moliya-iqtisod yo‘nalishi tasdiqlangan strukturaga ko‘ra Moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektor, Reja-moliya bo‘limi va Buxgalteriya bo‘limi faoliyat olib boradi.

Reja-moliya bo‘limda 3 shtat birlik xodim faoliyat olib boradi, bo‘lim boshlig‘i va 2 ta iqtisodchi.

Buxgalteriya bo‘limida 6 shtat birlik xodim faoliyat olib boradi, bosh hisobchi, 2 ta bosh hisobchi o‘rinbosari, 2 ta buxgalter va kassirdan iborat.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Dec
20
Moliya-iqtisod faoliyati
Moliyaviy-xoʻjalik yoʻnalishda
18:47
Aug
06
Moliya-iqtisod faoliyati
Moliyaviy-xoʻjalik yoʻnalishda
14:13
May
07

Izoh qoldirish