Mutasaddilar “Ko‘kaldosh” madrasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ilm dargohiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlarni ta’lim muassasasi rahbari boshchiligida madrasa jamoasi samimiy kutib oldi.
Tashrif majmua shaklida qurilgan XVI asrga oid ko‘hna ilm dargohining tarkibiga kiruvchi masjid faoliyati bilan tanishuvdan boshlandi. Bu yerda talabalarning kundalik namozlarga imomlikka o‘tishi, juma namozida ma’ruza qilish orqali o‘ziga xos amaliyot o‘tashlari haqida ma’lumot berildi. Muzaffar Komilov masjid imkoniyatidan yanada kengroq foydalanish, talabalarni bu yerda ma’ruza qilish amaliyotini son jihatdan ko‘paytirish, sifat jihatdan oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Shundan so‘ng mehmonlar bevosita dars jarayonlari bilan tanishdilar. Jumladan bitiruvchi kurslarning “Tafsir” darsi, birinchi kurs talabalarining “Fiqh” darsi jarayonlarini kuzatdi. Talabalar bilan ochiq muloqot olib borildi.
Muzaffar Komilov yoshlarga o‘z sohasi bo‘yicha bilimlarni puxta egallashlari, kelajakda yetuk olim bo‘lib yetishishlari lozimligini tushuntirar ekan, ayni paytda dunyodagi vaziyatni teran anglaydigan islomshunos kadrlarga ehtiyoj har qachongidan ham yuqori ekanligini qayd etdi.
Mehmonlar shuningdek, ta’lim muassasasi qoshidagi studiya faoliyati, media mahsulotlarining tayyorlanish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Ta’lim muassasasining axborot resurs markazidagi sharoitlar hamda markaz fondining zamonaviy adabiyotlar, shu bilan birga mutaxassislikka oid darslik va qo‘llanmalarga boy ekanligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Tashrif yakunida Muzaffar Komilov “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurtida ta’lim uchun yaratilgan sharoit va ta’lim sifatini yuqori baholar ekan, ta’lim muassasasi rahbariyati hamda u yerda faoliyat olib borayotgan ustozlar va xodimlarga minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.
Manba:
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish