Bobur hazratlarini yod etib…
14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUN
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘zbek mumtoz she’riyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan, xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilmoqda.
“Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti tomonidan “Shoh va shoir” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Shavkat Mavlonov ochib berdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq artisti, Bobur mukofoti sovrindori Muhammadali Abdiqunduzov shoh va shoir Bobur Mirzo hazratlarining hayot yo‘li, ijodiy faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Muhammadali Abdiqunduzov aktyorlik faoliyatida Bobur rolini ijro etgani uning uchun juda katta hayotiy maktab, takrorlanmas rol bo‘lganini qayd etdi. Har bir aktyor Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi tarixiy shaxslarni sahnada, kinoda aks ettirishdan avval unga ruhan tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Tadbirda Bobur hazratlarining yaratgan o‘chmas asarlari, ularning inson kamolotidagi ahamiyati hamda yurtimizda alloma ijodini o‘rganish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli tadqiqotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Ma’naviy kecha yakunida Akademiya talabalari mumtoz shoir ijodidan namunalar keltirib, g‘azallar o‘qishdi. Mutafakkir ijodiga oid sahna ko‘rinishi, kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish