357

Akademiya vakillari “Adiblar xiyoboni”dagi tantanalarda ishtirok etdi

9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUN

Bugun yurtimiz bo‘ylab so‘z mulkining sultoni, jahon tamadduni rivojiga ma’naviy asarlari bilan munosib hissa qo‘shgan Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi keng nishonlanmoqda.

Jumladan, poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da ham ulug‘ mutafakkirning tavalludi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda davlat va jamoat arboblari, adabiyotshunos olimlar, shoir-yozuvchilar, olimlar, madaniyat va san’at namoyandalari, keng jamoatchilik vakillari hamda talabalar qatnashdi.

Ta’kidlash joiz, mazkur marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalari ham faol ishtirok etishdi. Akademiyasi jamoasi buyuk bobomiz xotirasini yod etib, poyiga gulchambar qo‘ydi. Alisher Navoiyning o‘zbek tili rivojida tutgan o‘rni, adabiy merosi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
 

Bundan tashqari, Turkiston jadidchilik harakati yetakchisi, ma’rifatparvar alloma Mahmudxo‘ja Behbudiy ham yod etildi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot yo‘li, ijod olami hali asrlar davomida kelajak avlodga katta ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish