Ijtimoiy himoya
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ijtimoiy sohada professor-o‘qituvchi, xodim va talabalar o‘rtasida bir qancha xayrli ishlar hamda tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, xodimlarning to‘y-hashamlari, tavallud ayyomlari munosabati bilan ijtimoiy ko‘mak berildi hamda sog‘lig‘ini tiklash uchun Akademiya kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan moddiy yordam va rag‘batlantirish mablag‘lari ajratilib, sog‘liklarini tiklashlari uchun oromgohlarga yo‘llanmalar berildi.
Shuning bilan birgalikda xodimlar o‘rtasida turli tantanalar tashkil qilindi, ularning rasmiy bayramlarga ishtiroklari ta’minlandi hamda farzandlari uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.
Akademiyada bo‘lib o‘tgan sport tadbirlari, turli musobaqa va viktorinalarning g‘oliblar muntazam ravishda rag‘batlantirib kelinmoqda.
Turli xil kecha va badiiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida talabalar uchun musiqa asboblari sotib olindi.
8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayollarga bayram sovg‘alari va guldastalar ulashildi. Faol talabalarga “Imom Buxoriy” nomidagi va akademiyaning stependiyalari to‘lab kelinmoqda.
Homiylar tomonidan ham ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Jumladan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordamga muhtoj 5 nafar talabalarning o‘qish kontrakt pullari to‘lab berildi.
Muborak ramazon oyi munosabati bilan akademiyaning “Sahovat” oshxonasida homiylar tomonidan akademiya talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarga har kuni iftorliklar tashkil qilinmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish