421

Sport sohasidagi faoliyat

Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlarni jismonan yetuk va barkamol etib tarbiyalash pirovard maqsad hisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qator normativ huquqiy hujjatlari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda va bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham talaba-yoshlarni sog‘lig‘ini mustahkamlash, jismonan yetuk shaxs sifatida tarbiyalash maqsadida sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Akademiyada o‘tkaziladigan ommaviy sport tadbirlari rejasi Respublika “Universiada” o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan sport turlari asosida tuzilgan bo‘lib, bundan maqsad – talabalar o‘rtasida sport turlarini ommaviylashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va Akademiya terma jamoasi, sportchi talabalarni respublika miqyosidagi sport musobaqalarida faol ishtirokini ta’minlash.

Akademiya talabalarining darsdan tashqari vaqtlaridan unumli foydalanishlarini ta’minlash maqsadida turli sport to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, bular: “Voleybol” (qizlar va yigitlar), “Basketbol”, “Stol tennisi” (qizlar va yigitlar)dir. Mazkur to‘garaklarda Akademiyaning
100 dan ortiq talaba yigit va qizlari faol qatnashib, o‘z mahoratlarini oshirmoqdalar va salomatliklarini tiklamoqdalar. Bundan tashqari, talabalar uchun atletizm, badminton, stol tennisi, futzal va shaxmat sport turlari bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun vaqt ajratilgan.

Talabalar o‘rtasida respublika va jahon miqyosidagi sport ustalari mavjud bo‘lib, ular muntazam ravishda Akademiya sport majmuasida mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib boradi. Jumladan, Akademiya “Dinshunoslik” yo‘nalishi 2-kurs talabasi D.Shokirova Taekwon-Do sport turi  bo‘yicha 3 karra O‘zbekiston chempioni va xalqaro toifadagi murabbiy maqomlariga erishgan.

“Sport-sog‘lomlashtirish” shiori ostida ham Akademiyada Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sog‘lomlashtirish guruhlari tashkil etilib, sport mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Shuningdek, talabalar o‘rtasida futzal bo‘yicha “Rektor kubogi”,  talabalar turar joyi talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “TTJ kubogi”, talaba-qizlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqalari, stol tennisi birinchiligi, yigit va qizlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi, futzal bo‘yicha qizlar o‘rtasida saralash musobaqalari hamda “Universiada – 2019” sport musobaqalari doirasida stol tennisi va futbol bo‘yicha musobaqalarda talabalar ishtiroki ta’minlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Xotin-qizlar faoliyati
06:33
Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Ijtimoiy himoya
06:31
Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Talabalar hayoti
06:25

Izoh qoldirish