364

O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASIDA O‘QUV JARAYONI AN’ANAVIY TARTIBDA DAVOM ETADI

Aziz talabalar! Yurtimizda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, karantin talablari yumshatilmoqda. 

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida barcha bakalavr va magistratura bosqichlari talabalari uchun dars jarayoni 2022-yilning 7-fevralidan an’anaviy (offlayn) tarzda davom ettirilishini ma’lum qilamiz.

1- va 2-kurs bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari auditoriyalarda an’anaviy dars jarayoniga kirishsa, 2-kurs talabalari uchun ikki haftalik Malakaviy amaliyotlar boshlanadi.

3-4-kurs talabalari uchun esa Akademiya dekanatlari tomonidan belgilangan jadval asosida Yakuniy nazorat ishlari an’anaviy tartibda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi barcha magistratura mutaxassisliklari ham 7-fevraldan o‘quv jarayonini an’anaviy (offlayn) tarzda davom ettiradi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish