Akademiya o‘qituvchisi nufuzli xalqaro anjumanda ma’ruza qildi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash strategiyasi: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti va Toshkent filiali, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Krasnodar universiteti, Belarus Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi, Turkiya Respublikasi Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi, Ispaniya San Pablo universiteti, AQSHning Nyu-York Xofstra universitetlarining ko‘zga ko‘ringan olimlari, professor-o‘qituvchilari hamda amaliyot xodimlari ishtirok etdi.
Nufuzli anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Rahimjonov o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Akademiya o‘qituvchisi Durbek Rahimjonov yurtimizda ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlarga qarshi samarali kurash olib borilayotgani, mazkur hodisalarning oldini olish va bartaraf etish tizimini doimiy ravishda takomillashtirib boorish kerakligini qayd etdi. Ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘zining taklif va tafsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Konferensiya yakunida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari, polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexkanovich xalqaro hamkor tashkilotlar va ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan soha mutaxassislari qatorida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Rahimjonovga tashakkurnoma topshirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish