338

G‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, buyuk jamoat arbobi, mutafakkir alloma Mahmudxo‘ja Behbudiy tavallud topgan sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba hamda magistrlari o‘rtasida tanlov o‘tkazilgan edi. 

Hakamlar hay’ati tomonidan esa “Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi”ga bag‘ishlangan taqdimotlar tanlovning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rin “Din sotsiopsixologiyasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Nihola O‘ktamovaga, 2-o‘rin esa Akademiyaning “Qiyosiy dinshunoslik” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Durdona Shokirovaga nasib etdi. G‘oliblikni “Islomshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Durdona Asadullayeva qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov sovrindorlari qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlanadi!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish