Akademiya vakillari xalqaro forumda ishtirok etdi
Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti hamda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda “Musulmon olimlarining dunyo ilmiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti D.Rahimjonov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Xo‘jayev ishtirok etdi.
Shuningdek, forumda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidan professor B.Turayev, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi N.Mirzayev, O‘zbekiston hamda Malayziya tomonlaridan tadqiqotchilar, soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Xalqaro miqyosida o‘tkazilgan ushbu forumda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Durbek Rahimjonov “Abu Hafs an Nasafiyning hadis ilmiga qo‘shgan hissasi” mavzusida ma’ruza qildi.
D.Rahimjonov o‘z chiqishida Abu Hafs an Nasafiyning XI-XII asrlarda yashab, 100 dan ortiq ilmiy asarlar yaratgani, ilm-fan sohasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgani, qomusiy olim, shu bilan birgalikda dunyoviy aniq fanlar bo‘yicha ham ko‘plab asarlar yozib qoldirgani haqidagi ma’lumotlari forum ishtirokchilari tomonidan olqishlandi. Allomaning hayoti va ijodi, ilmiy faoliyati borasida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha batafsil yangiliklar berildi.
“Musulmon olimlarining dunyo ilmiga qo‘shgan hissasi” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro forum davomida soha vakillari tomonidan ham ko‘plab ma’ruzalar qilindi. Bu kabi ilmiy-amaliy, tajribalarga boy seminar, anjuman, forumlarni muntazam tashkil etish, muloqotlarga yosh tadqiqotchilar safini oshirish, taqdim etilgan ma’ruzalarni to‘plam holatida nashr etish, o‘quv jarayonlarida foydalanish kabi taklif va tavsiyalar bildirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish