396

Ijodkor talabalarning she’riyat kechasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Biz Navoiy, Bobur, Nodirabegim, Uvaysiylar avlodimiz” mavzusida onlayn mushoira kechasi tashkil etildi. 

Adabiyot bayramida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Shavkat Mavlanov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, boshqaruv akademiyasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Mansur Yunusov, Xotin-qizlar bilan ishlash sektori rahbari Laylo Saidova, Akademiya psixologi Gulruh Gʻaniyeva, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muallam Zufarova, “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva hamda ijodkor-talabalar ishtirok etishdi.

ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tgan she’riyat kechasida Akademiyaning ijodkor talabalari Muxtasar Karimova, Muslima Rasulova va boshqalar tomonidan Vatan, do‘stlik, insoniylik tuyg‘ulari tarannum etilgan ijod namunalari yig‘ilganlarga havola etildi. Samimiy va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan tadbir  ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mushoira tadbiri qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘ldi.
 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish