354

Iqtidorli talabalar bilan onlayn formatda davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lish sirlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan uchrashuvda Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Dilafro‘z Turdiyeva, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 

Tadbirda Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Dilafro‘z Turdiyeva Akademiya talabalari o‘zining iqtidori, qobiliyati, odob-axloqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi zarurligini bildirdi. Shuningdek, davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralab olish jarayoni boshlangani, buning uchun Akademiya talabalaridan nimalar talab etilishi haqida so‘z yuritdi. 

Davra suhbati davomida yurtimizning nufuzli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritgan Akademiyaning iqtidorli talabalar o‘zlarining tajribalari, fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Yoshlarga dangasalik, vaqtni bexuda o‘tkazish, o‘z ustida ishlamaslik kabi illatlarni bartaraf etish, vaqtdan unumli foydalanish kerakligini qayd etishdi. 

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Bu kabi foydali va yoshlarni yangi marralar sari undaydigan uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib turish kerakligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish