Akademiyada seminar-treninglar davom etmoqda
Xabaringiz bor, qishki ta’til davri davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, Malaka oshirish markazi xodimlari, Akademik litsey o‘qituvchilari hamda xodimlari uchun malaka oshirish darslari bo‘lib o‘tmoqda. Ishtirokchilar mazkur seminar-treninglar orqali o‘z pedagogik mahoratlari, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirib borishmoqda. Navbatdagi seminar “Ta’lim tizimini boshqarishda tizimli tahlil va qaror qabul qilish” hamda “Xalqaro munosabatlar va davlat tashkilotlarida dress-kod masalalari” mavzularida tashkil etildi.
Mahorat darslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruvda AKT” kafedrasi professori Anvar Yuldashev hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Adham Rasulov tomonidan o‘tkazildi.
Muloqot davomida ta’lim tizimida pedagoglar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan uslubiy kamchiliklar, xalqaro munosabatlar hamda davlat tashkilotlarida xodimlarning kiyinish madaniyati haqida so‘z yuritildi. Ma’ruzachilar tomonidan mavzu yuzasidan tinglovchilarga atroflicha ma’lumot berildi.
Davra suhbati yakunida yig‘ilganlar mavzu bo‘yicha o‘zlarining savollari, taklif va mulohazalarini bildirishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish