565

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 2-bosqich tinglovchilari uchun bitiruv tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi anjumanlar zalida “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 2-bosqich tinglovchilari uchun bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori Davronbek Maxsudov, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un Gʻofurov, institut “Tahfiz-ul Qur’on” kafedrasi mudiri Jahongir Ne’matov, “Qur’oni karim va tajvid” bo‘limi boshlig‘i Muhammad Akmalxon Shokirov, o‘quv kursi o‘qituvchilari hamda 120 nafar tinglovchi va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Bitiruv tadbirini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori Davronbek Maxsudov tabrik so‘zi bilan boshlab berdi. Mamlakatimizda diniy-ma’rifiy soha rivojida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar, jumladan, tashkil etilgan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari faoliyati va ularni muvaffaqiyatli bitirayotgan tinglovchilar yana bir bor qutlandi.

Shundan so‘ng 2021-2022-o‘quv yilidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan 3 oylik “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursini tamomlagan 2-bosqich tinglovchilariga sertifikat hamda esdalik sovg‘alar topshirildi. 


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish