O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining ilmiy faoliyat yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari
#SARHISOB-2021
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida asosiy (ichki o‘rindoshlik) ish hajmida jami 160 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 29 nafar fan doktori, 75 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ilmiy salohiyat 65 % ni tashkil qilmoqda.
Ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida ta’sis etilgan ixtisoslashgan ilmiy kengashda mazkur yil mobaynida 2 ta fan doktori, 17 ta falsafa doktori ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi amalga oshirildi. Mutaxassislikdan 29 ta malakaviy hamda qo‘shimcha imtihonlar o‘tkazildi.
Davlat dasturida belgilangan Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida kvotalarni bosqichma-bosqich oshirib borish choralari doirasida Akademiyada 13 ta tayanch doktorantura, 10 ta maqsadli tayanch doktorantura, 1 ta doktorantura va 7 ta stajyor-tadqiqotchilik uchun kvotalar tasdiqlanib, dasturda belgilangan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti qabul faoliyati jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha qabul imtihon hamda suhbatlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn translyatsiyalari amalga oshirildi. Dasturda sohadagi ilmiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bandi ijrosi yuzasidan maqsadli tayanch doktorantura faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirgi kunda 20 ta maqsadli tayanch doktorant faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Yosh olimlarni qo‘llab quvvatlash doirasida doktorantlarning “Yosh olimlar kengashi” tomonidan 15 ta ilmiy-amaliy seminar, Oliy ta’lim muassasalari, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar bilan hamkorlikda 6 ta xalqaro ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Akademiyaning ixtisoslik yo‘nalishlari doirasida yurtimiz allomalari hayoti, ilmiy merosi, din psixologiyasi, din va jamiyat, axborotlashgan jamiyat, chet tillarining zamonaviy tendensiyalari hamda “diniy bag‘rikenglik” mavzularida 5 ta xalqaro, 10 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi. Mazkur davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda 4 ta ilmiy-amaliy, innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda. Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan 43 ta monografiya, Scopus bazasidagi jurnallarda 23 ta maqola, “Xirsh” indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar soni 22 ta, ilmiy nashrlarga iqtiboslilik ko‘rsatkichi 4127 tani tashkil etdi.
Akademiya ilmiy jurnallari – “Islom ziyosi”ning 3ta (2021-yil № 1,2,3) va “Islom tafakkuri”ning 4 ta (2021-yil № 1,2,3,4 hamda №1,2,3,4 maxsus sonlari chop etildi. “Islom ziyosi” jurnali respublika oliy ta’lim muassasalari ilmiy jurnallari noyob platformasi uzjournals.edu.uzdagi eng faol 5 talik jurnallar qatorida e’tirof etildi.
Akademiyada mazkur davr mobaynida iqtidorli talabalar tomonidan 3 ta Imom al-Buxoriy Davlat stipendiyasi, 1 ta O‘zbekiston Prezidenti Davlat stipendiyasi, 1 ta Islom Karimov stipendiyasi, 3 nafar talaba Ubaydulla Uvatov stipendiyasi, 1 nafar talaba Mahmudxo‘ja Behbudiy stipendiyasi, 5 nafar talaba Aloqa bank stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 4 nafar talaba Respublika fan olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi.
“Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli tanlovning 3 ta yo‘nalishi bo‘yicha tayanch doktorant va magistrlardan tashkil topgan Akademiya jamoasi respublika bosqichida “Ajdodlar merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv” yo‘nalishi bo‘yicha kreativ jamoa nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xalqaro Times Нigher Education (THE) reyting agentligining 2021-yilgi “Impact Rankings” reytingida dunyodagi yetakchi 1000 ta oliy ta’lim muassasasi ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Zohidjon ISLOMOV,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori,
filologiya fanlari doktori, professor
Izoh qoldirish