520

“Islom ensiklopediyasi” bo‘limi

Yurtimizda "Jaholatga qarshi ma’rifat" ulug‘vor g‘oyasi asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish asosida yoshlarning ong-u tafakkurini shakllantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan yurtimizning islom sivilizatsiyasi rivojidagi yuksak o‘rni va ahamiyatini ilmiy asosda chuqur o‘rganish hamda xalqimizga yetkazish maqsadida ko‘p jildli "Islom ensiklopediyasi"ni yaratishga kirishildi.

2019-yil so‘nggi choragida “Islom ensiklopediyasi” 1-jildi tayyorlanib nashr etildi. 2020-yil 26-oktabrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida “Islom ensiklopediyasi” 1-jildining onlayn taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu konferensiyada Oliy ta’lim tizimidagi tashkilotlar va boshqalardan 400 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi. Konferensiya “O‘zbekiston 24” telekanali orqali yoritildi.

2020-yilda 2-jild so‘zligi birlamchi varianti ishlab chiqildi. Ensiklopediyaning 2-jildi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zR FA Sharqshunoslik instituti, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan tayyorlanmoqda.

Ensiklopediyaning 2-jildi uchun 226 ta rasm ishlandi, ensiklopediyaning 500 betdan iborat 2-jildi to‘liq yakunlanib, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborildi. Hozirda tahrir hamda sahifalash ishlari davom etmoqda

Ensiklopediya materiallarini mahalliy ulamolar, qadamjolar va asarlar haqidagi ma’lumotlar bilan boyitish maqsadida mahalliy mualliflar guruhi shakllantirildi. Hozirda hamkorlikda hududlardagi olimlar, ziyoratgohlar haqida manbalar o‘rganilib, tahrir qilinmoqda. Shu kungacha 200 ga yaqin ziyorat obyektlari, rasmlar, geopozitsiyalar olindi.

“O‘zbekistondagi ziyorat obyektlarini o‘rganish” qo‘llanmasi tayyorlandi. Ensiklopediyaning 2-jildi uchun bo‘lim xodimlari tomonidan 470 betdan iborat 138 ta maqola yozildi. 50 dan ortiq rasm, xarita va bezaklar topilib, retush qilindi va ensiklopediya talablariga moslashtirildi.

Ensiklopediyani yaratishda Saudiya Arabistoni diniy arbobi Shayx Somiy Mag‘lus bilan amaliy hamkorlik o‘rnatildi. Ozarbayjon Respublikasi Ozarbayjon ilohiyot instituti islomshunos olimi Niyazov Ahmed Seyful o‘g‘li bilan aloqa bog‘landi.

“Islom ensiklopediyasi”da mahalliy ma’lumotlarni ko‘paytirish, xorijda saqlanayotgan madaniy meroslarimiz haqidagi ma’lumotlarni kengroq aks ettirish maqsadida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati raisi rahbari F.Abduxoliqov bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish