Imom moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi qarori asosida tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida Markaz tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Xalqaro aloqalar yo‘nalishida
- Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom olami tashkiloti (ICESCO), Turkiyaning Anqara, Saljuq universitetlari, Qozog‘istonning “Fikr” diniy amaliy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, amaliy natijalarga erishilmoqda;
– Misr, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Malayziya, Rossiya va Qozog‘istonning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan 9 ta davra suhbati, 16 ta ilmiy seminar hamda 1 ta xalqaro matbuot anjuman tashkil etildi;
– markaz faoliyatiga 2 nafar xorijlik yetakchi mutaxassis jalb etildi;
– dunyoning 23 nafar nufuzli moturidiyshunos olimlaridan iborat Xalqaro ilmiy hay’at tuzilib, uning ilk yig‘ilishi o‘tkazildi;
– Turkiyaning qo‘lyozma fondlaridan 50 mingga yaqin noyob asarlarning elektron nusxalari olindi;
– 1 nafar ilmiy xodim qo‘lyozmalarni tahqiq qilish sohasida malaka oshirish uchun Turkiyaga yuborildi, 15 nafar ilmiy xodim onlayn tarzda stajirovkadan o‘tdi.
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga oid 4 ta kitob, 17 ta risola, mahalliy va xorijiy jurnallarda 100 ga yaqin maqola chop etildi.
Fundamental tadqiqotlar doirasida:
Imom Moturidiyning “Ta’vilotul Qur’on” asari 29-28-27-26 juzlari, Mulla Ali Qoriyning “Sharhul fiqhil akbar” asari, Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asari o‘zbek tiliga tarjima qilindi;
10 ta alloma hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan “Buyuk ajdodlarimiz” hamda Imom Moturidiyning hikmatlari jamlangan “Ta’vilotdan durdonalar” nomli xalqchil risolalar chop etildi.
Zamonaviy tadqiqotlar doirasida:
“Islom niqobidagi mutaassib guruhlar”, “Xalqaro islom tashkilotlari” nomli ma’lumotlar bazalari, “Mutaassiblikka qarshi moʻtadillik: metod va tahlillar” qo‘llanmasi hamda “Dolzarb raddiyalar” risolasi nashr etildi;
Markazning davriy nashri bo‘lgan “Moturidiylik” jurnali 1-2 sonlari chop qilindi.
2021-yil 16-iyunda “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy simpozium o‘tkazildi.
Anjuman ICESCO, IRCICA xalqaro tashkilotlari, shuningdek, al-Azhar majmuasi (Misr), Saljuq universiteti (Turkiya), Malayziya islomni anglash instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda 250 dan ortiq olim va tadqiqotchilar, shu jumladan, 50 nafar xorijlik yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.
Targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishida
Respublika bo‘yicha “Vijdon erkinligining huquqiy asoslari”, “Ekstremizm va uning salbiy oqibatlari”, “Davlat va din munosabatining huquqiy jihatlari”, “Moturidiylik ta’limoti” kabi mavzularda 50 dan ortiq ma’naviy tadbirlar amalga oshirilib, 2 000 ga yaqin kishi qamrab olindi;
talabalar o‘rtasida “Imom Moturidiy izdoshlarimiz” tanlovi tashkil etildi. Unda 60 nafar talaba maqola, videorolik va infografika shaklidagi ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi;
teleradiokanallarda 100 ta ko‘rsatuv va eshittirishlar hamda intervyular efirga uzatildi, jumladan, 2021-yil davomida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga bag‘ishlangan 10 ta, xususan, Madaniyat va Ma’rifat telekanali “Bugunning gapi”, O‘zbekiston tarixi telekanali “Tarixiy savol”, “Mavzu”, “Xalq mulki”, O‘zbekiston 24 telekanali “Imom Moturidiy markazi – ilm-ma’rifat maskani” nomli ko‘rsatuvlar, Markaz tomonidan o‘tkazilgan “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro onlayn simpozium haqidagi maxsus ko‘rsatuv O‘zbekiston tarixi telekanali hamda Madaniyat va Ma’rifat telekanali 2 ta maxsus ko‘rsatuv efirga uzatildi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Dunyo bo‘ylab telekanali bilan hamkorlikda Imom Moturidiy va Abul Muin Nasafiy nomli 2 ta hujjatli film tayyorlandi va efirga uzatildi.
O‘zbekiston tarixi telekanali bilan hamkorlikda Moturidiyning ilmiy merosi, moturidiylik ta’limoti va Imom Moturidiy va uning izdoshi bo‘lgan allomalarning hayoti va ilmiy faoliyatiga (hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga) bag‘ishlangan 36 ta, jumladan, Imom Moturidiy nomli 12 qismli, Abul Muin Nasafiy nomli 8 qismli, Abu Hafs Nasafiy nomli 6 qismli, Burhoniddin Marg‘inoniy nomli 2 qismli, Abul Barakot Nasafiy nomli 8 qismli ko‘rsatuv efirga uzatildi.
Mahalliy bosma nashrlarda 33 ta, internet nashrlarda 36 ta, chet el OAV hamda xalqaro tashkilotlarning internet sahifalarida 31 ta maqola e’lon qilindi;
ijtimoiy tarmoqlarda “Moturidiylik ta’limoti”, “Aqida matnlari sharhi”, “Umar Nasafiyning “Aqoid” asari sharhi”, “E’tiqod durdonalari”, “Qur’on ta’villari”, “Dolzarb masalalar”, “O‘n mufassir” ruknlari ostida 90 ta videodars e’lon qilindi.
Davronbek MAXSUDOV,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori
Izoh qoldirish