406

O‘quv seminari tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida respublikada faoliyat olib borayotgan viloyat, shahar/tuman Bosh imom-xatiblari uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlari doirasida seminar o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining birinchi prorektori, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori D.Maxsudov,  Markaz bo‘lim boshlig‘i A.Alloqulov, Markaz ilmiy xodimi A.Damanhuriy ishtirok etdi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminarda markaz mutaxassislari diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan tizimli va keng ko‘lamli islohotlar borasida tinglovchilarga ma’lumot berishdi.  Shuningdek, seminarishtirokchilaritomonidanmoturidiylikta’limotini xalqimiz, xususan, yoshlar orasida keng keng targ‘ib qilish, moturidiylikta’limotiga nisbatan bildirilayotgan asossiz fikrlarga qarshi tizimli va ilmiy raddiyalar berishni yo‘lga qo‘yish kabidolzarbmasalalarmuhokamaqilindi.

Tadbir davomida buyuk allomalarimizning ilmiy merosini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan Markaz tomonidan nashr etilgan 30 dan ziyod kitoblar, jumladan, Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” asari 29-juzi, Mulla Ali Qorining “Sharh al-Fiqh al-akbar”, Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asarlarining o‘zbek tilidagi ilmiy-izohli tarjimalari borasida suhbatlashildi. 

O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan olimlar hayoti va ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan 10 ta xalqchil risola, zamonaviy islomshunoslik masalalariga doir kitoblar, aqida matnlari ham seminar ishtirokchilari e’tiboriga havola qilindi.

Tadbir so‘ngida Moturidiy ta’limotiga oid asarlarni tarjima qilish, tahlil etish hamda ularning mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazish borasida taklif va mulohazalar berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish