422

Bosh imom-xatiblar uchun navbatdagi dars mashg‘uloti tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida respublikada faoliyat olib borayotgan viloyat, shahar/tuman Bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar: muammo va yechimlar” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. 

Malaka oshirish o‘quvlari uchun tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, o‘quvlarning 7-kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar Bosh imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy tomonidan “Ijtimoiy-diniy masalalar: muammo va yechimlar” mavzusida dars mashg‘uloti olib borildi. Unda O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati, soha xodimlari oldida turgan vazifalar, diniy soha xodimlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va ularning yechimlari borasidagi masalalar ochib berildi. 

O‘quv mashg‘ulot davomida Bosh imom-xatiblar o‘zlarining faoliyatlarida duch kelayotgan masalalar borasidagi savollariga tegishli javoblar berildi. 

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish