Vengriyalik olimlar bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Vengriya Etosh Loran universiteti Turkiyshunoslik instituti bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan seminarda institut direktori, professor Benedek Peri “Alisher Navoiy asarlarining turkiy xalqlar tomonidan qabul qilinishi (manbashunoslik tahlili)” mavzusida ma’ruza qildi.
Tadbir ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Malika Nosirova, kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar hamda talabalar qatnashdi.
Onlayn mashg‘ulotda professor Benedek Peri Alisher Navoiy asarlarining saqlanayotgan qo‘lyozmalari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Xususan, professor Alisher Navoiy qo‘lyozmalarining o‘z davri va XX asrgacha bo‘lgan oraliqda tarqalishi haqida so‘z yuritdi. Bunda Temuriylar saltanati, Oqquyunlilar saltanati, Safaviylar saltanati, Qojorlar hamda Boburiylar madaniy muhitidagi Navoiy qo‘lyozmalari o‘rniga alohida e’tibor qaratilganligini e’tirof etdi. Shuningdek, geografik jihatdan 3 mintaqa: O‘rta Osiyo, Hirotdan Istambulgacha va Hirotdan Lakxnau (Hindiston)gacha bo‘lgan oraliqda Navoiy ijodiga va asarlariga bo‘lgan munosabat qo‘lyozmalar misolida ko‘rib chiqildi. Benedek Peri o‘z fikrlarini asoslashda dunyoning turli fondlarida saqlanuvchi qo‘lyozmalar namunalaridan foydalandi. Ayniqsa, Alisher Navoiy she’riyatining Oqquyunlilar muhiti va Usmonlilar saroyi she’riyatiga ko‘rsatgan ta’siri haqidagi fikrlarni qo‘lyozmalar vositasida tahlil etdi.
Qizg‘in bahs-munozara va muhokamalar ostida o‘tgan tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Seminar yakunida Vengriya Etosh Loran universiteti Turkiyshunoslik instituti direktori, professor Benedek Peri bilan hamkorlik doirasida kelgusida shu kabi video-onlayn mashg‘ulotlar o‘tkazilishi belgilab olindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish