Nazorat va monitoring sektori
Nazorat va monitoring sektori maqsadi
- Akademiya Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori (keyingi oʻrinlarda Nazorat va monitoring sektori deb yuritiladi) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, oʻquv-taʼlim jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining oliy taʼlim sohasiga oid qarorlari va Farmoyishlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi meʼyoriy hujjatlari va uslubiy koʻrsatmalari va boshqa yuqori tashkilot hamda vazirlik va tashkilotlarning meʼyoriy hujjatlari, Akademiya Kengashi qarorlari, Akademiya rektori Kengashi qarorlari, Rektor buyruqlarini oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat qilish, tahlil qilib borish hamda Akademiyadagi fakultet, kafedra va boʻlimlarning faoliyatini qonun talablariga muvofiqliligi ustida umumiy monitoring nazoratini amalga oshirish, rejaga muvofiq monitoring tekshiruvlarini oʻtkazish va tahlil natijalari boʻyicha Akademiya rahbariyatiga maʼlumotlar, bildirishnomalar, tavsiya va takliflar kiritish maqsadida tashkil etilgan.
- Nazorat va monitoring sektori oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” toʻgʻrisidagi qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va Farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat qarorlari va buyruqlariga, Akademiya kengashi qarorlari, Rektor Kengashi qarorlari, Rektor buyruqlari va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
- Nazorat va monitoring sektori Akademiyada Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etilishini amalga oshiradi. Shuningdek, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalarning oʻquv, oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, xalqaro aloqalar, moliyaviy va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishidagi Rektor kengashi qarorlari, Rektor buyruqlari va taʼlim sohasidagi boshqa meʼyoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
- Nazorat va monitoring sektori oʻz faoliyatini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.
- Nazorat va monitoring sektori Akademiyaning ijro intizomi bilan bogʻliq boʻlgan tahliliy hisobotlarni belgilangan muddatlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (boshqa yuqori tashkilotlar)ga taqdim etib boradi.
- Nazorat va monitoring sektori faoliyati kalendar yili oxirida Akademiya Kengashida muhokama qilinadi va bu haqdagi hisobotni vazirlikka taqdim etadi.
Nazorat va monitoring sektorining funksional vazifalari
1. Akademiyada Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlimga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qarorlari va farmoyishlari, vazirlikning Hayʼat qarorlari, buyruq, xat, modemogramma va telefonogrammalarining, shuningdek Rektor Kengashi qarori va Rektor buyruqlarining bajarilish nazoratini taʼminlash va monitoringini olib borish.
2. Akademiya faoliyati boʻyicha umumiy maʼlumotlar bazasini yaratish va uni toʻldirib borish.
3. Akademiyada Rektor Kengashi qarorlari va Rektor buyruqlarining ijrosini taʼminlashni nazorat qilish.
4. Akademiyadagi ijro intizomi faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amaliy va uslubiy yordam koʻrsatadi, lozim boʻlganda bu haqda Akademiya rahbariyatiga maʼlumotlar kiritish.
5. Oliy taʼlimga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining meʼyoriy hujjatlari hamda buyruqlari ijrosini taʼminlash boʻyicha OTVga hisobotlar tayyorlab taqdim etish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyruqlari, Hayʼat Kengashi qarorlari, Modemnomalari hamda koʻrsatmalari ijrosini taʼminlash yuzasidan oylik tahliliy hisobot tayyorlash va Akademiya rektori kengashiga taqdim etish.
7. Akademiyaga Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlari belgilangan tartibda oʻrganilib chiqilishini qatʼiy nazoratga oladi hamda Vazirlik va Qoʻmitaga murojaatlar boʻyicha hisobotlar taqdim etadi.
Nazorat va monitoring sektori tuzilmasi
- Nazorat va monitoring sektori mansab jadvali – Sektor bosh mutaxassisdan iborat.
- Nazorat va monitoring sektori mansablari tarkibi talabalar soniga binoan Akademiyaga ajratilayotgan mablagʻ va ish haqining umumiy fondi chegarasida belgilanadi.
- Nazorat va monitoring sektori bosh mutaxassisi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.
Izoh qoldirish