342

Talabalar “LEADERS’ UNION” klubining ilk sessiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “LEADERS’ UNION” klubining dastlabki sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakultetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

“Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari tomonidan tashkil etilgan mazkur klub faol yoshlarni birlashtirgan loyiha hisoblanadi.

Sessiyada talabalar mazkur klubning mazmun-mohiyati, uning yoshlar hayotida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, ushbu tadbirga mehmon sifatida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talaba-yoshlari ishtirok etdi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. “LEADERS’ UNION” klubining navbatdagi sessiyasini o‘tkazish sanasi va boshqa tashkiliy masalalari kelishib olindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish