424

Mahorat darslari davom etmoqda

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari uchun tashkil etilgan seminar-trening darslari davom etmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan o‘tkazilayotgan navbatdagi mashg‘ulotlar “Islom sivilizatsiyasida me’morchilik taraqqiyoti” hamda “Me’moriy obidalar epigrafikasi” mavzularida bo‘lib o‘tdi.

Seminar mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, sharqshunos, manbashunos olim Komiljon Rahimov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi katta o‘qituvchisi, islomshunoslik fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) Avazbek G‘aniyevlar tomonidan olib borildi.

Seminarda Islom sivilizatsiyasi tarixida me’morchilik taraqqiyoti va ahamiyati, me’morchilik obidalarining turlari, islom sivilizatsiyasining turli xil mintaqalardagi me’morchilik maktablari rivojlanishi, me’morchilik obyektlarini barpo etish taraqqiyotiga hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir olimlarning geologiya-mineralogiya sohalaridagi ilmiy-merosining ahamiyati, jumladan, Beruniy, Ibn Sino kabi qomusiy olimlarning soha rivojiga qo‘shgan benazir xizmatlari, kashfiyotlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Janubiy-sharqiy Osiyo me’morchiligining o‘ziga xos taraqqiyoti tendensiyalari haqida ham taqdimot o‘tkazildi. Yurtimiz va xorijdagi me’moriy obidalar, ularning uyg‘un va farqli jihatlari haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish