Ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida diniy ta’lim muassasalari va sohaga taalluqli ilmiy-tadqiqot markazlarining o‘quv-uslubiy, ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Ilmiy-uslubiy kengashining 2-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedralarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalariga biriktirish, oliy diniy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar, oliy va o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik usullarni tatbiq etish, Imom Moturidiy xalqaro markazining 2021-yilgi faoliyati sarhisobi kabi masalalar qizg‘in muhokama qilindi.
Majlis davomida diniy ta’lim sohasini an’anaviy uslublarni saqlagan holda zamonaviy yondashuvlar asosida yanada takomillashtirish, respublikada Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsiyalarni diniy ta’limga tatbiq etish masalalari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish