386

Sen millat g‘ururisan — ona tilim

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab ona tili rivoji, uni xalqimiz va yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, sofligini saqlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida “Sen millat g‘ururisan — ona tilim” mavzusida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov, litsey ustoz va murabbiylari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Davlat madhiyamiz bilan boshlangan tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov kirish so‘zi bilan boshlab, barchani 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabrikladi. 

Shundan so‘ng, bayram munosabati bilan Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ma’naviy-ma’rifiy, badiiy chiqishlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi. Ona tilimiz jozibaligini ko‘rsatuvchi she’r va g‘azallar aytildi, sahna ko‘rinishlarida o‘quvchi-yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan chuqur ehtiromi namoyon bo‘ldi.

Mazmunli o‘tgan tadbir yakunida sana munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblariga mutasaddilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 

Izoh qoldirish