466

Saylov qonunchiligi bo‘yicha tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘z kelajaging uchun ovoz ber!” mavzusida saylov qonunchiligi bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda Akademiya o‘qituvchilari va xodimlari, saylov qonunchiligi bo‘yicha malakali mutaxassislar, Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga asosan O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkazilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiyligi haqida ma’lumot berildi.

Saylov qonunchiligi bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlarga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egaligi, fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egaligi yetkazildi.

Saylov qonunchiligi bo‘yicha huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida tadbir davomi savol-javoblarga ulanib ketdi. Yakunda faol ishtirok etgan talabalarga mutasaddilar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 

Izoh qoldirish