11-OKTABR — XALQARO QIZLAR KUNI
BMT Bosh assambleyasi tomonidan butun dunyoda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish maqsadida 2011-yildan buyon 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni sifatida nishonladi. BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish tavsiya etilgan.
Mazkur sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Unda Xotin-qizlar bo‘limi rahbari Sayyora Chinniyeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda ayollar masalasi, ularning salomatligini yaxshilash, ta’lim olishiga shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidlashdi. Xalqaro qizlar kuni tashkil etilishining mazmun-mohiyati, uning bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritishdi.
Uchrashuvda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti Ra’no O‘razova “Xalqaro qizlar kunining tarixi” hamda “Chet tillari” kafedrasi o‘qituvchisi Dilbarxon Xasanova “Islom dinida ayollarning o‘rni” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida qizning xayosi, ibosi, xulqi, bilim darajasi, dunyoqarashi katta ahamiyat kasb etishi, shu bilan birga qizlarimiz go‘zallik timsoli ekani, globallashuv asrida gender tenglik, oila institutining roli hamda islom dinida ayollarning o‘rni, haq-xuquqlari borasida ma’lumotlar davra suhbati ishtirokchilariga yetkazildi.
Tadbir yakunida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilib, sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’rlardan parchalar o‘qishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish