358

“Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman axborot xati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 78-f-son farmoyishi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 6-martdagi 122-son buyrug‘i, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 11-martdagi 02-03/1530-sonli xati asosida Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasining o‘rnini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida 2021-yil 14-oktabrda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

  1. Mazkur anjumanda ishtirok etishni xohlagan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar 2021-yil 30-sentabr sanasiga qadar ilmiy tezislarni o‘zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etishlari mumkin.
  2. Tezislar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:
  3. Markaziy Osiyo mintaqasida islom madaniyati va san’ati.
  4. Markaziy Osiyo  mutafakkirlari ilmiy-ma’naviy  merosi.
  5. Markaziy Osiyo tarixiy yodgorliklari epigrafikasi va arxitekturasi.
  6. Markaziy Osiyo xalqlarining urf-odat va an’analaridagi umumiylik va o‘ziga xoslik.

Mualliflar uchun ma’lumot

Anjumanga topshirilgan ma’ruzalar tezislari elektron ilmiy to‘plam shaklida chop etiladi. Ilmiy tezis matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir. Belgilangan yo‘nalishlarga mos bo‘lmagan va talablarga javob bermaydigan tezislar to‘plamga kiritilmaydi.

1. Tezislar matnini rasmiylashtirish talablari:

-  Matn hajmi – kamida 3 betdan 5 betgacha A-4 hajmdagi qog‘ozga, matn shakli – Microsoft Word, yozuv shrifti – Times New Roman, harflar hajmi – 14 kegl, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm;

- Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ismi-sharifi, ish joyi (oliy o‘quv yurti) nomi va lavozimi, shuningdek bog‘lanish uchun telefon raqami yoziladi, bir intervaldan so‘ng matn keltiriladi;

-  Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi.

Tezislarning elektron nusxalari konferensiya tashkiliy qo‘mitasiga topshiriladi. Maqola va tezisning elektron nusxasi telegram orqali   @kemranbey  (+998 93 545-84-44)   manziliga yuborilishi mumkin.

1. Tashkiliy masalalar uchun tezisning har bir beti uchun 10.000 so‘m badal puli to‘lanadi. To‘lovlar pul o‘tkazma orqali ABDULAZIMOV KAMRONBEK nomiga ochilgan karta 8600312933849867  raqamiga elektron to‘lov tizimlari orqali yuboriladi. To‘lovni tasdiqlovchi ma’lumot (skrinshot) muallif nomi ko‘rsatilgan holda telegram orqali @kemranbey (+998 93 545-84-44) manziliga yuborilishi so‘raladi.

Manzilimiz: Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 11, (pochta indeksi 100011) O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Islom tarixi va manbashunosligi  IRCICA” kafedrasi. Telefon: (71) 2444029.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish