340

“Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyaga marhamat

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida”gi 2021-yil 2-martdagi 78-f-son farmoyishi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2021-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-martdagi 122-son buyrug‘i hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 11-martdagi 02-03/1530-sonli xati va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining 2021-yil 17-martdagi “2021-yil respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 01-101-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil 3-noyabrda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Mazkur anjumanda ishtirok etishni xohlagan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar 2021-yil 25-oktabr sanasiga qadar ilmiy tezislarni o‘zbek, rus, arab, ingliz tillarida taqdim etishlari mumkin.

Tezislar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:

- Dinlararo totuvlik va radikalizmni yengish;

- Musulmon jamoasida konfessiyalararo muloqot: o‘tmish, hozirgi, kelajak;

- Oliy islom ta’limini rivojlantirishda yutuqlarga ega bo‘lgan o‘zbek va xorijiy olimlarning ilmiy, uslubiy va axborot almashinuvi;

- Islom ilohiyoti tafakkuri rivojlanishining an’analari va zamonaviy tendensiyalari: musulmon jamoalarining ichki va xorijiy tajribasi.

 

Mualliflar uchun ma’lumot

Anjumanga topshirilgan ma’ruzalar tezislari elektron ilmiy to‘plam shaklida chop etiladi. Ilmiy tezis matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir. Belgilangan yo‘nalishlarga mos bo‘lmagan va talablarga javob bermaydigan tezislar to‘plamga kiritilmaydi.

 

  1. Tezislar matnini rasmiylashtirish talablari:
  • Matn hajmi – kamida 5 betdan 7 betgacha A-4 hajmdagi qog‘ozga, matn shakli – Microsoft Word, yozuv shrifti – Times New Roman, harflar hajmi – 14 kegl, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm;
  • Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ismi-sharifi, ish joyi (oliy o‘quv yurti) nomi va lavozimi, shuningdek bog‘lanish uchun telefon raqami yoziladi, bir intervaldan so‘ng matn keltiriladi;
  • Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi.
  • Internet-resurslardan (Google Tarjimon va boshqalar) foydalanilgan izohlarning tarjimalari lingvistik va semantik jihatdan to‘g‘riligi uchun albatta tahrir qilinishi kerak.
  • Barcha taqdim etilgan materiallar Antiplagiat vositasi yordamida sinovdan o‘tkaziladi (originalligi – 70%dan kam emas).
  • Tezislarning elektron nusxalari konferensiya tashkiliy qo‘mitasiga topshiriladi. Maqola va tezisning elektron nusxasi E-mail pochta orqali   nigora.jaloliddin.qizi@mail.ru  (+99897) 751-35-46 manziliga yuborilishi mumkin.

2. Tezisning har bir beti uchun 15.000 сўм badal puli to‘lanadi. To‘lovlar pul o‘tkazma orqali ABDUQODIROV JASURBEK nomiga ochilgan karta 8600312943181665  raqamiga elektron to‘lov tizimlari orqali yuboriladi. To‘lovni tasdiqlovchi ma’lumot (skrinshot) muallif nomi ko‘rsatilgan holda telegram orqali @AbduqodirovJ (+99899 484-75-76) manziliga yuborilishi so‘raladi.

 

Manzilimiz: Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 11, (pochta indeksi 100011) O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO" kafedrasi. Telefon: (+99897) 751-35-46, (+99897) 777 18-46.

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish