Akademiya huzurida Jamoatchilik kengashi tuzildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini oshirish hamda OAV va jamoatchilik bilan ishlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalar tahlil etilishi barobarida, yangi Jamoatchilik kengashini tashkil etish masalalari ko‘rildi.
Ilmiy kengash ishini Kengash raisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori olib bordi. Ochiq va shaffof tarzda tashkil etilgan anjumanda Akademiya huzurida ilmiy-pedagogik, yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashuvchi Jamoatchilik kengashini tashkil etish taklifi muhokama etilib, bir ovozdan ma’qullandi.
Shundan so‘ng, Jamoatchilik kengashi a’zolari tanishtirib o‘tildi. Muhokamalar jarayonida bir ovozdan Jamoatchilik kengashi raisi etib, O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Iqboljon Mirzaaliyev nomzodi ma’qullandi.
Ta’kidlanganidek, ushbu jamoatchilik kengashi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb ataladi) Akademiyaning jamoatchilik boshqaruvi organlaridan biri hisoblanadi. U yuridik shaxs hisoblanmaydi. O‘z faoliyatini jamoatchilik asosida, qonunchilik normalariga amal qilgan holda olib boradi.
Ta’lim jarayonida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish orqali professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar orqali Akademiyaning faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar ular o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni rivojlantirish, jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan nazorat orqali ta’lim sifati va ilmiy salohiyatning hamda ijodiy madaniyatning yangi bosqichga ko‘tarilishiga ko‘maklashish Kengashning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Quyida Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
ЎЗБЕКИСТОН ХАЛҚАРО ИСЛОМ АКАДЕМИЯСИ ҲУЗУРИДАГИ ЖАМОАТЧИЛИК КЕНГАШИ ТАРКИБИ
Янги таркиб 2023-2024
№ | Ф.И.Ш. | Лавозими |
1 | Мирзаалиев Иқболжон Мирзакаримович | Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси аъзоси, Олий Мажлис депутати, Кенгаш раиси |
2 | Алимов Акмалбек Абдумажидович | Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги марказий аппарати |
3 | Касимова Зебо Хамидовна | ЎзХИА «Дин психологияси ва педагогика» кафедраси мудири, п.ф.н., профессор. Кенгаш масъул котиби |
4 | Эгамбердиева Нодира Мелибаевна | Оила ва хотин-қизлар илмий-тадқиқот институти директори, п.ф.д., профессор, аъзо |
5 | Маткаримова Гулчеҳра Абдусаматовна
| ИИВ Академияси профессори, аъзо |
6 | Ҳилол Насимов | Режиссёр, актёр, сценарист, аъзо |
7 | Икромиддин Остонақулов | Филология фанлари доктори, профессор, аъзо |
8 | Шуҳрат Ризаев | Адабиётшунос олим, аъзо |
9 | Олимжон Давлатов | Навоийшунос олим, аъзо |
10 | Муножот Йўлчиева | Ўзбекистон Қаҳрамони, аъзо |
11 | Валиева Манзура Мўминовна | Халқ депутатлари Шайҳонтоҳур тумани Кенгаши халқ депутати Янгиобод маҳалла фуқаролар йиғини раиси, аъзо |
12 | Содиқов Юсуф Арипович | ЎзХИА Касаба уюшмаси раиси, аъзо |
13 | Бердиёров Илхом Хайруллаевич | ЎзХИА Таълим сифатини назорат қилиш бўлими бошлиғи, аъзо |
14 | Аширов Одил Надзимович | Ота-оналар вакили, Халқ депутатлари Шайҳонтоҳур тумани Кенгаши котибият мудири, аъзо |
15 | Мустафоев Анвар Алишер ўғли | “Қиёсий диншунослик” мутахассислиги магистри, аъзо |
Жамоатчилик кенгаши раиси И.М. Мирзаалиев
Izoh qoldirish