O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilik instituti uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi.
Qabul kvotalari Akademiyada faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ixtisosliklar bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:
№ | Ixtisoslik shifri va nomi | 2022-yil uchun ajratilgan kvotalar soni | ||
Tayanch doktorantura тура | Doktorantura | Stajor-tadqiqotchilik | ||
1. | 07.00.04 – Dinshunoslik | 3 | - | 1 |
2. |
19.00.07 – Din psixologiyasi |
2 |
- |
2 |
3. |
24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi |
4 |
- |
1 |
4. |
24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik. |
6 |
1 |
1 |
5. |
24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot. |
6 |
- |
1 |
6. |
24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi |
2 |
- |
1 |
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchilik institutiga:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– pasport nusxasi;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi.
Doktoranturaga:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
– oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari.
Mustaqil izlanuvchilikka:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik diplom nusxasi;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
– ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
– fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
– ish joyidan tavsifnoma.
Hujjatlar 2021-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha http://www.phd.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy.
Murojaat uchun telefon: (71) 244-00-56. Faks (71) 244-00-65.
ARIZA NAMUNA UCHUN
Izoh qoldirish