853

Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”

 kafedrasi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari”  kafedrasi haqida 

MA’LUMOT

“Informatika va tabiiy fanlar” kafedrasi Toshkent islom universiteti rektorining 28-avgust 2001-yil № 01-29 sonli buyrugʻi bilan, “Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar” fakulteti tarkibida tashkil etilgan. 

2004-yil 2-oktyabrdan “Informatika va axborot texnologiyasi” kafedrasi alohida faoliyat yurita boshlagan. Kafedra “Informatika va axborot texnologiyalari” yoʻnalishida bakalavriat boʻyicha mutaxassislar tayyorlagan.

2018-yil 3-avgustdan kafedraga “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi nomi berildi. Bugungi kunda kafedra ikkita bakalavriat yoʻnalish va bitta magistratura mutaxassisligiga masʼul sanaladi: 

Bakalavr:

5330200 — Informatika va axborot texnologiyalari; 
5220400 — Axborot xavfsizligini boshqarish;
60610400- Axborot xavfsizligini boshqarish;

Sirtqi:

60610400-  Axborot xavfsizligini boshqarish;

Masofaviy:

60610500- Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT-Servis», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»)

Magistratura:

5А220401 - Axborot xavfsizligini boshqarish.

Kafedrada mutaxassis boʻlib yetishishi kutilayotgan boʻlajak kadrlar, korxona va tashkilotlarda kompyuter xizmatlari koʻrsatishda, kompyuter dasturlarini mahalliylashtirish va ishlab chiqarishda, ilmiy tadqiqot muassasalarida hamda boshqa davlat va nodavlat korxonalarida xizmat qiladilar. Shuningdek, dasturiy vositalar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dasturchi, servis xizmatini koʻrsatuvchi, dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqaruvchi, IT sohasida tadbirkorlik, kiber makonda axborot xavfsizligini tizimli tahlil qiluvchi, mobil ilovalar ishlab chiquvchi, Veb dasturchi, sohaga oid ilmiy-tadqiqotchi, axborot xizmati va matbuot xizmatlari sohasida dizayner kabi kvalifikatsiyalarga ham ega boʻladilar.

Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda fan doktorlari, professorlar, fan nomzodlari, dotsentlar, t.f.f.d. (Phd),  katta oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedra tomonidan Akademiya boʻyicha quyidagi fanlardan maʼruza, amaliyot va laboratoriya mashgʻulotlari olib boriladi:

  • Axborot xavfsizligini boshqarishga kirish
  • Dasturlash
  • Algoritmlarni loyihalash
  • Python tilida dasturlash
  • Kompyuter animatsiyasi
  • Multimedia injiniringi
  • Kiberxavfsizlik asoslari
  • Ethical hacking (Madaniyatli  xakkerlik)
  • Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar 
  • Serverlar boshqaruvi
  • Kompyuter kriminalistikasi 
  • Bulutli texnologiyalar
  • Kiberxavfsizlik asoslari
  • Infografik ma’lumotlar vizualizatsiyasi
  • Web dasturlashga kirish I
  • Operatsion tizimlar va ularning xavfsizligi
  • Kiberxavfsizlik siyosati
  • Kriptografiya va kriptoanaliz usullari I
  • Kriptografiya va kriptoanaliz usullari II
  • Internet va PR
  • Axborot uzatish tizimi va tarmoqlari xavfsizligi I
  • Kotlin dasturlash tili
  • Pythonda web dasturlash
  • Internetda ijtimoiy tarmoqlar va bloglar
  • Raqamli media va veb texnologiyalar
  • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida  axborot xavfsizligi
  • Kompyuter grafikasi va web-dizayn
  • Sun’iy intellekt asoslari
  • Kiberxavfsizlik jarayonlari va texnologiyalari
  • Kotlin dasturlash tili
  • Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
  • Pythonda web dasturlash
  • Java dasturlash tili
  • Internetda media loyihalar
  • Dasturlash II
  • Web-dasturlashga kirish II
  • Kiberxavfsizlik asoslari
  • Python tilida dasturlash
  • Kompyuter animatsiyasi
  • Multimedia injiniringi
  • Kiberxavfsizlik asoslari
  • Kompyuter kriminalistikasi 
  • Java dasturlash tili
  • Raqamli texnologiyalar va innovatsiya
  • Raqamli axborot texnologiyalari
  • Axborot texnologiyalarini sohada qoʻllash 
  • Axborot xavfsizligini boshqarishga kirish
  • Dasturlash
  • Axborot xavfsizligini boshqarishga kirish
  • Raqamli axborot texnologiyalari

Kafedra professor-oʻqituvchilari muntazam ravishda respublikamizda oʻtkazilayotgan ilmiy amaliy anjumanlarda faol ishtirok etishmoqda. Hamkor tashkilotlar bilan davra suhbatlari va treninglar oʻtkazilmoqda. 2018-2023-yillar davomida kafedra aʼzolari tomonidan 15 ta monografiya, 40 dan ortiq OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda, 20 ta oʻquv uslubiy qoʻllanma, 30 ta oʻquv qoʻllanma, 130 dan ziyod respublika miqyosida maqolalar, Scopus, Web of Science kabi xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda 32 dan ortiq va xorijiy jurnallarda 127 ga yaqin maqolalar chop etildi. Kafedra professor-oʻqituvchilari va iqtidorli talabalar tomonidan 55 dan ortiq dasturiy mahsulotlar ishlab chiqildi va Intellektual mulk agentligi tomonidan EHM dasturlari uchun guvohnomalar qoʻlga kiritildi.

Kafedrada talabalarning mutaxassislik boʻyicha bilimini yanada oshirish maqsadida toʻgaraklar tashkil etilgan. Ular:

  • HTML va JAVASCRIPT;
  • Amaliy va tizimli dasturlashda obyektli yondashuv;
  • Android ilovalar ishlab chiqish;
  • Noinformatik yo‘nalish talabalari uchun “Оffice ilovalari”;
  • Robototexnika (amalga oshirish jarayonida);
  • Kompyuter grafikasi va infografikalar
  • Python tilida dasturlash

Kafedrada innovatsion faoliyatni tashkil etish infratuzilmasini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan boʻlib, unga koʻra innovatsion guruhlar tashkil etilgan. Innovatsion guruhlar va ularning rahbarlari tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan:

  • O‘zbekiston Ziyorat turizmi geolokatsion tizimi viloyatlar kesimida android platformasi;
  • “Muqaddamat-ul-adab” nomli takomillashtirilgan dasturiy kompleks ishlab chiqildi;
  • interaktiv tizimlarda raqamli obyektlardan foydalangan  holda xorijiy  (arab, ingliz) tilini o‘rganuvchi dastur va boshqalar;

 

Kafedra quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan:

  • “O‘zbektelekom” AK;
  • UZINFOCOM MCHJ;
  • “Fido Biznes” MCHJ 
  • O‘zbekiston Respublikasi soliq qo’mitasi
  • O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi;
  • Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsion texnologiyalar ilmiy-innovatsion markazi;
  • O‘zstandart agentligi;
  • “Devops” MCHJ;
  • “Xalq banki” ATB;
  • Islom sivilizatsiya markazi;
  • “Simplex Service Group” MCHJ;
  • “Data Site Technology” MCHJ;
  • “INTER VIEW” MCHJ.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasining Axborot ta’minoti bo‘limi;
  • Hamkorbank ATB;
  • Turon ATB
  • “Oson” to‘lov tizimi.

Kafedra quyidagi xalqaro OTM va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan:

  • M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali;
  • Malayziya Xalqaro islom universiteti;
  • Inha universiteti Toshkent filiali;
  • Yaponiyaning JICA Xalqaro hamkorlik agentligi;
  • Malayziya islomni anglash instituti.

 

F.I.SH.: Raxmanov Qurbon Sodikovich

Ish joyi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy AKT” kafedrasi mudiri

Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni: dotsent

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash, dasturiy ta’minot, axborot tizimlari va ularning xavfsizligi, sun’iy intellekt asoslari. 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

  

Asosiy ilmiy ishlari: 

– “Davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini monitoring qilish model va algoritmlari”. Monografiya, Toshkent, 2023 (hammualliflikda); 

– “Kibermakonda axborot xavfsizligini ta’minlash”. Darslik, Toshkent, 2023;

– “Dasturlash I” Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);  

– “Masofaviy ta’lim texnologiyalari”. Uslubiy ko’rsatma, Toshkent, 2023 (hammualliflikda); 

–  “Dasturlash II” Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023; 

– “Axborot xavfsizligini boshqarishga kirish”. Darslik, Toshkent, 2022 (hammualliflikda); 

– “Obyektlarda axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yaratish metodologiyasi”. Monografiya, Toshkent, 2022 (hammualliflikda).

Ilmiy ishlari havolasi: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=36651380900

Elektron manzili: q.raxmanov@iiau.uz

Ishxona telefon raqami: +998 71 244 95 98

 

F.I.SH.: Xodjayeva Mavluda Sabirovna

Ish joyi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti v.b.

Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni: dotsent 

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: boshqaruv, tizimli taxlil, axborotlarni qayta ishlash 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

 

Asosiy ilmiy ishlari: 

– “MOODLE” тизими ва унинг ўқув методик таъминоти. (Таълим технологияларидан фойдаланиш). Monografiya, Toshkent, 2021; 

- Основные направления цифровой трансформации системы высшего образования в Республике Узбекистан/ (Коллектиная монография) Махачкала 2022. Издательство ДГУ, 2022.

- “Axborotlarni himoyalashning intellectual tizimlari”. Darslik, Toshkent, 2021 (hammualliflikda);

– “Информатика и информационные технологии”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020; 

–  “Цифровые технологии и инновация”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2022;

–  Применение интеллектуальнқх систем  в процессе обучения студентов в ВУЗах. Филиал Московского Государственного университета им.Ломоносова 2021 г. 

-The role and effectiveness of the use of digital technologies in distance education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249-7137 Vol. 12, Issue 11, November 2022 SJIF 2022 = 8.252

- Use of modern technologies in the development of the site writers alley. (hammyalliflikda) International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) 2022

Digital technologies in distance learning and teaching. EJJMRMS ISSN: 2750-8587 -European International Journal Multidisciplinary Research and Management Studies.2023.  va boshqalar

Ilmiy ishlari havolasi: -----

Elektron manzili: m.xodjayeva@iiau.uz

Ishxona telefon raqami: +998 71 244 0042

F.I.SH.: Dadamuxamedov Alimjon Irgashevich

Ish joyi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilari” kafedrasi katta o’qituvchisi 

Ilmiy darajasi: 

Ilmiy unvoni: -

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: Taqsimlangan maʼlumotlar bazasi axborotlarining ishonchliligini taʼminlash, optimal taqdim etishning model va algortimlari

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

  • “Internetda ijtimoiy tarmoqlar va bloglar”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023;
  • “Internet va PR”. Darslik, Toshkent, 2022;
  • “Internet va PR”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • “Veb dasturlash”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • Irgashevich, D. A. (2020). Development of national network (tas-ix). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 144-151.
  • Irgashevich, D. A. (2020). Methods of using cloud technologies in Islamic education institutions. Methods, 7(5).
  • Alimjon, D. (2023). Problems of Reliable and Timely Delivery of Information on the Servers. Eurasian Journal of Engineering and Technology, 19, 35-41.

Ilmiy ishlari havolasi: https://scholar.google.com/citations?user=gX5ntHoAAAAJ&hl=ru

Elektron manzili: a.dadamuxamedov@iiau.uz

Ishxona telefon raqami: 

+998 71 244 00 42

 

F.I.SH.: Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich

Ish joyi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilari” kafedrasi dotsenti

Ilmiy darajasi: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 

Ilmiy unvoni: dotsent

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: foydali konlardagi ishlab chiqarish jarayonlarini matematik modellashtirish, sonli yechish va dasturiy ta’minotlar ishlab chiqish

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

  • “Operatsion tizimlar”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • “Web dasturlash”. Darslik, Toshkent, 2021;
  • “Internet va Pr Darslik”. Darslik, Toshkent, 2022 (hammualliflikda);
  • “Dasturlash I”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);
  • “Python tilida dasturlash”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);
  • Model and algorithm for solving one-dimensional two-phase of filtration task // “International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT 2019 Applications, Trends and Opportunities” Tashkent, November 4-6 ICISCT 2019
  • Software for Determining Residual Oil Reserves in Oil Deposit Development // International Conference: Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resourses Engineering, 2020;
  • Algorithmization and programming of fluid filtration problems in multiple seams by intermediate model // Hisoblash va amaliy matematika muammolari. Tashkent- 2020, №6(30), S.14-23
  • Computational algorithm and program for determining the indicators of wells based on processing of information of oil fields. // AIP Conference Proceedings 2432, 060021 (2022) va boshqalar.

Ilmiy ishlari havolasi: https://scholar.google.com/citations?user=GGD91iAAAAAJ&hl=ru

Elektron manzili: dtxtanazarov@gmail.uz

Ishxona telefon raqami: 

+998 71 244 95 98

 

F.I.SH.: Maxkamov Anvarjon Abdujabborovich

Ish joyi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilari” kafedrasi dotsenti

Ilmiy darajasi: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 

Ilmiy unvoni: dotsent

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: tasvirlarga dastlabki ishlov berish, tasvirlarni xarakterlovchi reprezentativ belgilarini ajratish, biometric parametrlar asosida shaxsni tanib olish 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

  • “Tasvirlarga raqamli ishlov berish”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • “Tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlari”. Monografiya, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);
  • “Infografik ma’lumotlar vizualizatsiyasi” Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023;
  • Shaxsni tanib olish masalasida tasvirdagi obyekt belgilarini ajratish algoritmlari //O‘zbekiston jurnali “Islom tafakkuri”. – Toshkent, 1-son, 2021, 172-175 b.
  • Experimental study of algorithms for ear images distribution in personal identity // Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 13, Issue 1, January 2022, P. 813-822. (hammualliflikda).

Ilmiy ishlari havolasi: -----

Elektron manzili: mahkamovanvar2020@gmail.com

Ishxona telefon raqami: 

+998 71 244 95 98

 

F.I.SH.: Fayziyeva Maxbubaxon Raximjonovna

Ish joyi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professori.

Ilmiy darajasi: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 

Ilmiy unvoni: professor.

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: raqamli texnologiyalar, kompyuter grafikasi, kiberxavfsizlik siyosati, web texnologiyalar 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

– “O‘quv jarayoniga moslashuvchi Web tizimni yaratishning ilmiy-metodik asoslari”. Monografiya, Toshkent, 2016; 

– “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformalarini yaratish va uni amaliyotga joriy etish texnologiyalari”. Monografiya, Toshkent, 2023;

– “Web технологиялар”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2013(hammualliflikda);

– “Media va axborot savodxonligi”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2018 (hammualliflikda); 

–   “Informatika va axborot texnologiyalari”. 8-sinf uchun darslik (7 tilda). Darslik, Toshkent, 2020(hammualliflikda);

–   “Informatika va axborot texnologiyalari”. 9-sinf uchun darslik (7 tilda). Darslik, Toshkent, 2020(hammualliflikda);

–   “Informatika va axborot texnologiyalari”. 6-sinf uchun darslik (7 tilda). Darslik, Toshkent, 2020(hammualliflikda);

– “Web dizayn”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2022(hammualliflikda);

– “Kompyuter grafikasi”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2022(hammualliflikda);

–  “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt”. Darslik, Toshkent, 2023; 

Ilmiy ishlari havolasi: -----

Elektron manzili: fmahbuba@mail.riu

Ishxona telefon raqami: +998 71 244 95 98

 

F.I.SH.: Jumayev Turdali Saminjonovich

Ish joyi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilari” kafedrasi dotsenti

Ilmiy darajasi: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 

Ilmiy unvoni: dotsent

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: tasvirlarga dastlabki ishlov berish, tasvirlarni xarakterlovchi reprezentativ belgilarini ajratish, biometric parametrlar asosida shaxsni tanib olish 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

  • “Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2019;
  • “Tasvirlarga raqamli ishlov berish”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • “Veb dasturlash”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2020;
  • “Tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlari”. Monografiya, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);
  • “Ma’lumotlar bazasi”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023;
  • “Python tilida dasturlash”. Oʻquv qoʻllanma, Toshkent, 2023 (hammualliflikda);
  • Tasvirdagi obyektni xarakterlovchi reprezentativ belgilar to‘plamini shakllantirish // O‘zbekiston jurnali “Informatika va energetika muommolari”. – Toshkent, 2011.
  • Shaxsni tanib olish masalasida tasvirdagi obyekt belgilarini ajratish algoritmlari //O‘zbekiston jurnali “Islom tafakkuri”. – Toshkent, 1-son, 2021, 172-175 b.
  • Experimental study of algorithms for ear images distribution in personal identity // Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 13, Issue 1, January 2022, P. 813-822. (hammualliflikda).
  • Axborot xavfsizligini ta’minlashda identifikatsiya jarayonlari // Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari, Toshkent, 2022, 53-55 b. va boshqalar.
  •  

Ilmiy ishlari havolasi: -----

Elektron manzili: t.jumayev@iiau.uz

Ishxona telefon raqami: 

+998 71 244 95 98

  

F.I.SH.: Bekkamov Fayzi Absoatovich

Ish joyi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ilmiy darajasi: yo‘q 

Ilmiy unvoni: katta o‘qituvchi

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: sun’iy intellekt, intellektual tizimlar, axborot xavfsizligi, qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi tizimlar. 

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

– “Elektron kutubxona resurslarini izlashning intellektual tizimlari”. Kutubxona.uz ilmiy-uslubiy jurnali №2 (46) 2020; 

– “Recommender systems: an overview”. Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti xalqaro jurnali №3 2021;

– “Axborot-kutubxona tizimlarida ma’lumotlarni izlash va qayta ishlash”. TATU xabarlari ilmiy jurnali №2 (50) 2021;

– “Problems and goals of recommender systems”. Middle European scientific bulletin ISSN 2694-9970 Volume 23, 23 april 2022 (hammualliflikda); 

– “Smart retrieval systems for electronic library resources”. 12th World Conference on Intelligent Systems for Industrial Automation. Сhemical technology. Control and management. International scientific and technical journal № 4-5, 2022; 

– “Fuzzy model for determining the information needs of library users”. Environment. Technology. Resources. 14th international scientific and practical conference. June 15-16, 2023, Latvia (hammualliflikda); 

– “Kutubxona tizimlarida foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini baholash mezonlari”. Kutubxona.uz ilmiy-uslubiy jurnali №3 (62) 2023; 

– “Tavsiya etish tizimlarining umumiy tahlili”. Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt ilmiy jurnali №3. Tashkent, 2023 (hammualliflikda) va boshqalar.

Ilmiy ishlari havolasi: -----

Elektron manzili: bfayzi93@gmail.com

Ishxona telefon raqami: +998 71 244 95 98

  

F.I.SH.: To‘ychiyev Xurshidbek Muxmatvali o‘g‘li

Ish joyi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi stajyor-o‘qituvchi

Ilmiy darajasi: yo‘q 

Ilmiy unvoni: yo‘q

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: Dasturiy injiniringgiga kirish fanidan elektron darslik tayyorlash, onlayn internet kitob magazini portalini yaratish va uning xavfsizligini ta’minlash

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tillari

Asosiy ilmiy ishlari: 

Ilmiy ishlari havolasi: -----

Elektron manzili: xurshidbek2797@iiau.uz

Ishxona telefon raqami: +998 93 373 32 00

  

  F.I.Sh.: Ergashev G‘iyosjon Jo‘rayevich.

Ish joyi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:  Matematik modellashtirish yordamida   texnik tizimlarni tahlil qilish, nazorat qilish va  boshqarish. Matematik modellashtirish yordamida  Si (Li) detektorlarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish.

Chet tillarni bilishi: rus va ingliz tili . 

Asosiy ilmiy ishlari: 

-“Kimyoviy injineringda axborot texnologiylari”. Darslik, Toshkent, 2019. (hammualliflikda); 

-“Axborot texnologiyalari”. Oʻquv-uslubiy qoʻllanma, Toshkent, 2020. (hammualliflikda);;

-“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”. Oʻquv-uslubiy qoʻllanma, Toshkent, 2023.(hammualliflikda);

 Matematik modellashtirish yordamida   texnik tizimlarni tahlil qilish, nazorat qilish va  boshqarish  yo‘nalishida ish olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar 15 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Jumladan, 10 ga yaqini xorijiy davlatlarda chop etilgan.  Shu bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Fizika-texnika institutida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy ishlari havolasi: -----

El. manzil: ergiyosjon787@gmail.com 

Tel: +998 71 2440042

Izoh qoldirish