451

Ayollar huquqlari qonun himoyasida

So‘nggi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatning teng huquqli, faol a’zosiga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aynan shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ayollar huquqlari qonun himoyasida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Akademiyaning Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bo‘lim prokurori Sanobarxon Mansurova, Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Chinniyeva, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, yuridik fanlari doktori Nigora Yusupova, Akademiya o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov ochib berdi. Mamlakatimiz siyosiy hayoti, davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida, madaniyat, ilmu-fan, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, sport kabi ijtimoiy sohalarda ayollarimizning o‘rni va roli ortib borayotganligini qayd etdi.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bo‘lim prokurori Sanobarxon Mansurova so‘z olib, yurtimizda ayollarga berilayotgan e’tibor, bu boradagi yangiliklarga to‘xtalib o‘tdi.

– Yurtboshimiz xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish, ularning mavqeini yuksaltirish, huquqlarini har tomonlama himoyalash, jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun zarur ijtimoiy, siyosiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish masalasiga doimiy e’tibor berib kelmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bo‘lim prokurori Sanobarxon Mansurova. – Ayniqsa, Prezidentimizning 2019-yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi bu boradagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Tadbirda ayollar haq-huquqlarini oshirish, gender tenglik masalalari, bu borada davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi. Mazkur chora-tadbirlar xalqaro hamjamiyatlarda yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘layotganligi qayd etildi. Shuningdek, ayollar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli yondashuv masalalari haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, samimiy va mazmunli o‘tgan tadbir uchun mutasaddilarga minnatdorlik bildirishdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish