333

Birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari “Islomshunoslik” fakulteti 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov,  “Islomshunoslik” fakulteti dekani Zokir Ro‘ziyev, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i D.Turdiyeva, “Islomshunoslik” fakulteti dekani o‘rinbosari G‘ayrat Rasulov, professor-o‘qituvchilar, guruh murabbiylari hamda talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda talaba-yoshlarning o‘quv jarayonlariga moslashib olganliklari, o‘z iqtidorlarini namoyon etishda Akademiyada barcha sharoitlar yaratilgani, jumladan, tashkil etilgan to‘garaklarda faol ishtirok etishlari aytib o‘tildi.

Shuningdek, o‘tkazilayotgan tanlovlarda qatnashib, yuqori marralarni qo‘lga kiritish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, ko‘proq kitob mutolaa qilish kabi tavsiyalar so‘zga chiqqanlar tomonidan ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida talabalarning savollariga batafsil javob berildi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish