Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asari taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asari taqdimoti o‘tkazildi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida XII asr oxiri va XIII asr birinchi yarmida Movarounnahrning Ustrushana vohasida tavallud topib, ustozi Burhoniddin Marg‘inoniyning ma’naviy xazinasidan chuqur bahramand bo‘lgan alloma, sharqning buyuk mutafakkiri, olim – Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning yangidan nashrga tayyorlangan “Jomi’ ahkom as-sig‘or”, ya’ni “Bola huquqlari kodeksi” asari yig‘ilganlar e'tiboriga havola etildi.
– “Jomi’ ahkom as-sig‘or” jahon sivilizatsiyasi tarixidagi benazir asarlardan biri hisoblanadi, – deydi siyosiy fanlar doktori, professor Zohidullo Munavvarov. – Mazkur asar bola huquqlariga doir fiqhiy qo‘llanma bo‘lib, u asrlar davomida amalda bo‘lib kelgan va musulmon dunyosi bo‘ylab keng tarqalgan. Islom olamida Ustrushaniydan oldin ham, keyin ham bolalar huquqlariga taalluqli bunday mukammal fiqhiy asar yozilmagan. Allomaning ushbu asarida bolaning ona qornida shakllanishi davridan boshlab, balog‘at yoshiga yetguniga qadar bo‘lgan huquqlari 1300 ga yaqin fatvolar shaklida 45 yo‘nalishga bo‘linib tavsif etilgan. Fatvolarda ko‘tarilgan muammolar va ularning yechimi bugun ham o‘zining dolzarbligini saqlab qolayotgani e’tiborlidir.
Tadbir yakunida yig‘ilganlar asar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish