428

Rossiya Federatsiyasi “Valday” xalqaro munozara klubi vakillari Akademiyada mehmon bo‘ldi

Ayni paytda mamlakatimizda Rossiya Federatsiyasi “Valday” xalqaro munozara klubi bilan hamkorlikda “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida konferensiya o‘tkazilmoqda. Mazkur yirik anjuman davomida “Valday” xalqaro munozara klubi a’zolari uchun yurtimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy qadamjolari, ziyorat maskanlariga sayohat tashkil etilmoqda.

Ana shunday tashriflardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham o‘tkazildi. “Valday” xalqaro munozara klubi a’zolari Akademiyada mehmon bo‘lishdi. Uchrashuvda Akademiya rahbariyati hamda mehmonlar ishtirok etdi.

Samimiy muloqot davomida Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov Akademiyada talabalarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Mehmonlar Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayxovantahur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbaralarini ziyorat qildi. Majmua mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ziyoratgohlar tarixi haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar Akademiya tomonidan ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmat

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish