Kengash majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining 2025/2026-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Kamilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.
Majlisni rektor Muzaffar Kamilov ochib berdi.
Akademiya kengashi majlisi avvalida bir guruh o‘qituvchilar va xodimlar faol mehnatlari uchun taqdirlandi.
Shundan so‘ng majlisda oliy ta’lim muassasasi zimmasida bajarilishi zarur bo‘lib turgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.
Dastlab Akademiya pedagog-xodimlar faoliyatini baholash yuzasidan (110 ballik tizim va shaxsiy ish rejalarning bajarilishi asosida) 2025/2026-o‘quv yili natijalari haqida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Ilhom Berdiyarovning hisoboti tinglandi.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.b. Mahfuza Alimova 2025/2026-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassikliklarida o‘quv jarayoni natijalari tahlili hamda 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida axborot berdi. Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilida Akademiyaning ilmiy, o‘quv-uslubiy Kengashi faoliyati xususida: muammo va galdagi vazifalarga to‘xtaldi.
Akademiya Kengashi kotibi Jaloliddin Bo‘riyevning Akademiya Kengashining 2025/2026-o‘quv yilidagi faoliyati natijalari hamda Kengash qarorlarining ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlari eshitildi.
Majlis davomida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Javlon Asqarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa yuqori davlat organlari buyruqlarining Akademiyadagi ijrosi monitoringi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor v.b. Ilhom Bekmirzayev “O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “faxriy doktor”, “faxriy professor”, “faxriy dotsent” va “faxriy talaba” unvonlarini berish tartibi to‘g‘risida Nizom”ni tasdiqlash xususida hamda “Mahmudxo‘ja Behbudiy” nomidagi maxsus stipendiyaga tavsiya etish to‘g‘risida axborot berdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tasarrufidagi Oromgoh faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida Moliya-iqtisod ishlar bo‘yicha prorektori Salim Dusanovning hisoboti tinglandi.
Yigʻilishda Akademiyada maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada kuchaytirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda yot gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlashni yanada kuchaytirish kerakligi ta’kidlandi.
Kengashda sohadagi shu kabi yutuqlar e’tirof etilgan holda, diniy-ma’rifiy sohada bajarilishi zarur bo‘lgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish