Manfaatli va koʻpchilik kutgan manba
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida koʻp jildli “Islom ensiklopediyasi”ni yaratish ishlari olib borilayotgani hech kimga sir emas. Ushbu ezgu ishlar bilan hamohang yaxlit jildli muxtasar “Islom” ensiklopediyasi ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi.
Ensiklopediya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oʻquvchilarga yoʻllagan tabrigi bilan boshlanadi. Unda Islom dini tarixi va taʼlimoti, uning asosiy ruknlari, tariqat odoblari, muqaddas qadamjolar, mashhur masjid va madrasalar tarixi, sahobalar hayoti va faoliyati, muhaddislar, faqihlar, mufassirlar, tasavvuf olimlari, aziz-avliyolar, Islom maʼrifati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimiz va allomalar hayoti va ilmiy merosi haqida alifbo tartibida tizimli ilmiy asoslanga qimmatli maʼlumotlar berib borilgan.
Maʼlumki, milliy qiyofa bilan yo‘g‘rilgan qomus har qanday millatning koʻzgusi boʻlib, unda xalqning sof eʼtiqodi, maʼnaviy qadriyatlari, madaniy anʼanalari va ilmiy qarashlari oʻz aksini topadi. Shu maʼnoda, bir jildli “Islom” ensiklopediyasi Global davrda va tarixdagi islom ilmlari va sohalarining muhim jihatlarini uzida mujassam etgan fundamental manba hisoblanadi.
Kitobxonlar taklif va istaklari, shuningdek, keyingi yillarda Oʻzbekistonda islomshunoslik sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari inobatga olinib, Islom ensiklopediyasining mazmuni qayta toʻldirildi. Tahrir hayʼati tomonidan uning maqolalari yangilandi va ilmiy jihatdan takomillashtirildi.
Nashrni tayyorlashda yurtimiz hamda xorijning saksondan ortiq islomshunosturli sohalarda qalam tebratgan olimlari muallif, tarjimon va taqrizchi ularoq ishtirok etdilar. Ushbu ensiklopediyani yaratish jarayonida, arab, fors, turk va turli Gʻarb tillarida yozilgan birlamchi manbalardan keng foydalanildi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish